Шрифт катталиги:
Сайтни ранги:

Sara urug‘ – fermer uchun mo‘l hosil garovi

2024-10-09 03:58:12
Бошланиши -
Тугаши -
Утказиладиган жой
Масъул

Boshoqli don ekinlari yetishtirishda yerga sara urug‘ qadash hosildorlik garovidir. Bu borada Respublikada 2024-yil hosili uchun 2979 ta urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi subyektlari tomonidan 87,0 ming gektar maydon tanlab olindi. Ushbu maydonlarga yuqori avlodli urug‘lik bug‘doy navlari avlodlar kesimida joylashtirildi.

Hududlarda ishchi guruhlar tomonidan urug‘lik g‘alla maydonlarida 4 marta monitoring va aprobatsiya tadbirlari o‘tkazilishi, natijasida, yaroqli deb topilgan 2670 ta subyektlarning 65,8 ming gektar maydonlaridan 210,9 ming tonna urug‘lik g‘alla (105,5 %) yoki 5,5 foizi zaxira fondi bilan jamg‘arildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2023-yil hosilidan jamg‘arilgan 45,9 ming tonna urug‘lik g‘alla 2025-yil hosili uchun “tindirilgan urug‘ ” mavjud.

2025-yil hosili uchun jami 256,8 ming tonna urug‘lik bug‘doy zaxirasi mavjud bo‘lib, 1 mln 169 ming gektar maydonlarga yetarli urug‘lik zaxirasi yaratilgan.

Kelgusi yil hosili uchun 84 ta urug‘lik don tayyorlash sexlarida urug‘lik bug‘doyni tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash ishlari amalga oshirilib, muvofiqlik sertifikati asosida “Uzbek seeds” brendi ostida qishloq xo‘jaligi subyektlariga yetkazib berilib, urug‘lik donni ekish ishlari olib borilmoqda.