2024-yil hosilidan qabul qilingan urugʻlik donni qayta ishlash, dorilash va sertifikatlangan holatda urugʻchilik subektlariga yetkazib berish kelgusi yil moʻl hosili uchun muhim ahamiyatga ega.
Respublika boʻyicha 2025-yil hosili uchun 84 ta urugʻlik don tayyorlash sexlarida 219 243 ming tonna urugʻlik donni saralash, dorilash va qadoqlash ishlari amalga oshirildi.
Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tizimidagi 18 ta urugʻlik bugʻdoy qayta ishlash sexlarida 85 384 tonna urugʻlik donni dorilash va qadoqlash ishlari olib borilib, bugungi kunda urugʻlik bugʻdoy muvofiqlik sertifikati asosida gʻalla yetishtiruvchi subyektlarga “Uzbek seeds” milliy brendi ostida yetkazib berilmoqda.