Respublikaning eksport salohiyatini oshirish, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, maqsadida, Markaz tomonidan Qozog‘iston, Ozarbayjon va Tojikiston Respublikalariga 925 tonna (1,2 mln. AQSH doll.) urug‘lik chigit;
Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalariga 32 tonna (47 ming AQSH doll.) sholi urug‘liklari “Uzbek seeds” milliy brendi ostida eksport qilindi.
Shuningdek, Markaz xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan Qozog‘iston va Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston Respublikalari, Germaniya, AQSH davlatlarida bo‘lib, tajriba almashib kelinmoqda.
Bevosita Agrar va oziq-ovqat sohasida yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha Markaz tomonidan Turkiya Respublikasining “Natural seeds” hamda Ozarbayjon Respublikasining Urug‘chilik uyushmasi va Germaniyaning Petkus kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.