Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2024-yilda 99 ming gektar maydonlarda urug‘lik paxta parvarish qilindi.
Sifatli urug‘lik yetishtirish maqsadida urug‘lik paxta maydonlarida 3 marta monitoring va aprobatsiya tadbirlari o‘tkazildi.
Urug‘likka yaroqli deb topilgan 88 ming gektar maydonlardan 130 ming tonna urug‘lik paxta jamg‘arish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025-yil hosili uchun 20 ming tonna “tindirilgan urug‘lik” yopiq sig‘imli omborxonalarda saqlanmoqda.
Bugungi kunda urug‘lik paxta yetishtiruvchi subyektlarda urug‘lik paxta jamg‘arish ishlari davom etmoqda.