Шрифт катталиги:
Сайтни ранги:

MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA

2023-07-24 02:26:08

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili (https://www.agro.uz/20072023-1/) Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.

Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.

Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.